date
views 16 145

MIB auksionidan 66 mln. so‘mga «Kaptiva» sotib olish mumkin

MIB auksionidan 66 mln. so‘mga «Kaptiva» sotib olish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan yana qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qo‘ydi.

Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent viloyati, Anger shahar, Gulbog‘ qo‘rg‘onidagi inshoot auksionga qo‘yildi. U 8 496 559 900 so‘mga baholandi.

Shuningdek, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Uyg‘ur tor Oyimcha ko‘chasidagi 8-uy 960 000 000 so‘mga baholandi.

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida “Lasetti” avtomobili 51 000 000 so‘mga evaziga auksionga qo‘yilgan bo‘lsa, Samarqand viloyati, Narpay tumani IIB YHXB jarima maydonchasidagi “Kaptiva” 66 000 000 so‘mga baholandi.






Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB auksionidan 66 mln. so‘mga «Kaptiva» sotib olish mumkin