15:30 / 13.11.2017
4 797

Prezident: Munosib kelajakni ta’minlash uchun bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar

Prezident: Munosib kelajakni ta’minlash uchun bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida munosib kelajakni ta’minlash uchun bugun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Uning fikricha, mazkur jarayon quyidagi olti bosqichda amalga oshiriladi:
– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
– mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash;

– Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
– davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga yetkazish;

– mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish;
– mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash.

Prezident ushbu yuqoridagi vazifalarni sanar ekan har birini aniq misollar bilan dalillagan.

"Oddiy va ochiq insoniy muloqot – mintaqada do‘stlik, hamjihatlik va barqarorlik muhitini mustahkamlaydigan eng ishonchli usuldir." – degan Davlat rahbari.

Manba: “Xalq so‘zi” nashri

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Munosib kelajakni ta’minlash uchun bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar