O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekistondan Rossiyaga ishchilar yuborish bilan shug‘ullanuvchi 2 guruhni qo‘lga oldi.
Aniqlanishicha, doimiy ravishda O‘zbekistondan Rossiyaga majburiy mehnatga, ya’ni qullikka jalb qilish maqsadida odamlar yuborib turilgan.
Guruh a’zolari bo‘lgan aka-uka Sirojiddin va Ziyovuddin Yodgorovlar o‘zbekistonliklarni Krasnodar o‘lkasiga jo‘natish bilan shug‘ullanishgan. Ularning Rossiyadagi sherigi esa mehnat ekspluatatsiyasi bilan band bo‘lgan.
Rossiya fuqarosi har bir o‘zbekistonlik fuqaro uchun aka-ukalarga 300 AQSh dollaridan berib turgan. “Odam savdosi” bilan shug‘ullangan aka-uka Yodgorovlarning bunday qilmishi tufayli Andijon, Surxondaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatining bir necha fuqarolari jabr ko‘rishgan.
Sud jarayonida Sirojiddin va Ziyovuddin Yodgorovlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135- (Odam savdosi) va 138-moddalari (zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum etish) bilan ayb qo‘yilib, mos ravishda 9 yil va 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi deb xabar beradi Qalampir.uz.
Shuningdek, Moskva shahri va Moskva viloyatiga o‘z hamyurtlarini “ishga” yuborish bilan shug‘ullangan yana bir qashqadaryolik fuqaro R. Orolovga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...