12:10 / 21.11.2017
7 934

Chet el valyutasini banklardan naqd shaklda kimlar olishi mumkin?

 Чет эл валютасини банклардан нақд шаклда кимлар олиши мумкин?
Avvalroq, “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu hujjatga ko‘ra, hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamidagi chet el valyutasini naqd shaklda olish huquqi berildi.

Hunarmandlar tomonidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazma, tanlov, yarmarka davomida sotilgan hunarmandchilik mahsulotlari eksport shartnomalari tuzilmasdan amalga oshirilishi mumkin. Buning natijasida olingan daromad esa eksport tushumi hisoblanmasligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, har yili hunarmandchilik mahsulotlarining “Oltinqo‘l hunarmand” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet el valyutasini banklardan naqd shaklda kimlar olishi mumkin?