Toshkentning Chilonzor tumanida 23 noyabr kuni soat taxminan 13:30 atrofida sakkiz mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda UzNews nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Kichik halqa yo‘lining V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi oldidan o‘tgan qismida («Chilonzor» metro bekati yaqinida) yuz bergan.
UzNews’ning shahar IIBBga asoslanib tarqatgan axborotiga ko‘ra, «Jiguli» avtomashinasi kutilmaganda harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirganidan so‘ng, «ZiL» yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan.
Izdan chiqib ketgan «ZiL» yetti transport vositasi, xususan, 18-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusini urib yuborgan. Voqea joyidan olingan suratlarda Spark va Nexia mashinalari zararlanganini ko‘rish mumkin.
Xabar berishlarishcha, hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar yo‘q. To‘qnashuv yuz bergan vaqtda avtobusda yo‘lovchilar bo‘lganmi-yo‘qmi, noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi