20:36 / 28.11.2017
6 268

“Samarqand - aeroporti”da noqonuniy valyuta to‘xtatib qolindi

“Samarqand - aeroporti”da noqonuniy valyuta to‘xtatib qolindi
Bugungi kunda bojxonachilar tomonidan bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish borasida muntazam sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2017 yil 20 noyabr kuni “Samarqand - aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarni qo‘pol ravishda buzib, naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy yo‘l bilan olib chiqishga uringan bojxona qoidabuzarlik holati fosh qilindi.

“Samarqand-Sankt-Peterburg” aviareysi bilan uchib ketayotgan yo‘lovchilardan biri samarqandlik M. Haydarov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovlar vaqtida ma’lum qilinmagan juda ko‘p miqdordagi ya’ni, 9420 AQSh dollari va 325 880 Rossiya rublini bagaj sumkasining ichidagi ko‘k rangli erkaklar sport kiyimiga o‘ralgan qora rangli “Jeep Buluo” nomli qo‘l sumkasiga bekitgancha olib o‘tishga uringani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Samarqand bo‘limining ekspertiza dalolatnomasiga ko‘ra, fuqaro M. Haydarovdan olingan Rossiya rubli va AQSh dollari banknotalari haqiqiy deb topilib, ularning umumiy miqdori qariyb 121 mln so‘mni tashkil etgan.
Hozirda, mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M. Haydarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 240-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamizda rezidentlarga 2000 AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. Bundan ortiq miqdordagi naqd valyutalarni olib chiqish uchun esa vakolatli banklar yoki Markaziy bankning o‘rnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi talab etiladi.

Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Norezidentlarga esa O‘zbekistonga kirib kelayotganda o‘zi bilan olib kelgan hamda bojxonaga taqdim etilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqishlariga ruxsat etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Samarqand - aeroporti”da noqonuniy valyuta to‘xtatib qolindi