«Andijonneft» mutaxassislari tomonidan Buloqboshi tumanidagi Uchtepa qishlog‘ida olib borilayotgan neft izlash ishlari davomida tabiiy gaz koni borligi ma’lum bo‘lgan. Zaxiralar 1080 metr chuqurlikda aniqlangan. Bu haqda «Kun.uz»ga «O‘ztransgaz» AK yetakchi mutaxassislari ma’lum qilgan.
Ayni paytda «zangori olov» ne’matini jilovlash ishlari boshlanib, kon ochilgan hududga barcha kerakli qurilmalar o‘rnatildi va turli jarayonlardagi sinov ishlari olib borilmoqda. Kondan 100 atmosfera bosimida soatiga 2300-2400 kubometr gaz oqimi chiqmoqda. Yer qa’ridan chiqayotgan tabiiy gaz ma’lum texnik jarayonlardan o‘tganidan so‘ng iste’molga yaroqli bo‘ladi. Konda gazni filtrlab tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan.
Ma’lum qilinishicha, atrofdagi mahallalarga yangi manbadan chiqayotgan tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
«O‘ztransgaz» AK Andijon hududiy bo‘limi tomonidan tez fursatlarda 1,5 kilometr masofaga gaz quvurlari o‘rnatilib, Buloqboshi tumanining – Buyuk Turon, Yuksalish, Do‘lana, Mirzakalon Ismoiliy, Toshechik mahallalariga gaz yetkazib berilmoqda», degan viloyat gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘i Shavkatbek Qodirov.
Gaz konining yer ostida qancha zaxiraga ega ekani hududda qazilayotgan yana ikkita quduq ishlari yakuniga yetgach ma’lum bo‘ladi. Hozirda chiqayotgan tabiiy gaz bosimi esa konning katta miqdordagi zaxiraga ekanligidan darak berib turibdi. Mutaxassislarning bildirishicha, «zangori olov» boshqa hududlarga barcha tizimlar ma’lum texnik sinovlardan o‘tkazilganidan so‘ng berila boshlaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vodiy viloyatlarida shu paytgacha gaz koni topilmagandi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga tabiiy gaz Qamchiq dovonidan quvur orqali yetkaziladi. Buloqboshi tumanida topilgan kon birinchisi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi