13:37 / 01.12.2017
7 849

Namangan shahrida 8 ta arzon ko‘p qavatli uy egalariga topshirildi

Namangan shahrida 8 ta arzon ko‘p qavatli uy egalariga topshirildi
Namangan shahrida 8 ta arzon ko‘p qavatli uy egalariga topshirildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmatiga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Ushbu uylardagi 8 xonadon imtiyozli ravishda imkoniyati cheklangan va nogiron fuqarolarga topshirildi.

«3 oy avval zamonaviy chok tikish mashinasi berilgandi, — deydi yangi xonadon sohiblaridan biri Madinaxon Kamolova. — Kasanachilik asosida ish joyiga ega bo‘lganim sababli moliyaviy holatimni ancha tiklab oldim. Bundan tashqari, ushbu uy uchun birinchi badal — 10 million so‘m davlat tomonidan to‘lab berildi».

Uylarning barchasi mahalliy isitish tizimiga ega. Shuningdek, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida kuzatuv kameralari ham o‘rnatilgan.

Namangan shahrida kelgusi yili yana shunday 10 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan shahrida 8 ta arzon ko‘p qavatli uy egalariga topshirildi