Bu ish bilan respublika ichki ishlar vazirligi shug‘ullanadi. Har kvartalda militsiya xodimlarining bajargan ishi alohida nazoratdan o‘tadi. Agar militsioner ishda layoqatsizlikka, intizomsizlikka yo‘l qo‘ygan, mas’uliyatsizlik qilgan bo‘lsa, oladigan maoshining teng yarmisi qirqib qolinadi. Aksincha, kvartal yakunlariga ko‘ra o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsata olgan bo‘lsa, uning maoshiga ellik foiz qo‘shib beriladi. Nazoratdan profilaktika inspektorlari va tezkor guruh a’zolari ham mosuvo qolmaydi.
Militsiya xodimi o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashsa, mehnat intizomini buzmasdan halol xizmat qilsa, to‘y va shu kabi tadbirlarni o‘tkazish uchun o‘zi oladigan maoshning ikki baravari miqdorida yordam puli ham oladi. Bundan tashqari, og‘ir xastaliklarni davolashga yo‘naltirilgan moddiy yordamdan ham bahramand bo‘ladi. Bu moddiy yordam miqdori militsioner oladigan maoshning besh baravari miqdorida bo‘ladi. Qolaversa, mehnat intizomini buzmagan, mas’uliyatli, halol ishlab kelayotgan militsiya xodimlari uy-joy sharoitini yaxshilash, kengaytirish uchun besh yil muddatga qarz ham olish imkonini qo‘lga kiritadi. Qarz miqdori militsiya xodimi oladigan maoshning ming baravari miqdorida beriladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi