15:28 / 12.12.2017
6 988

Xalq bankining xodimlari mijozlarning pullarini o‘zlashtirib yubordi

Xalq bankining xodimlari mijozlarning pullarini o‘zlashtirib yubordi
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.S. va 1988 yilda tug‘ilgan U.B.lar aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Yangiariq tumani filialida ishlagan dastlabki davrida o‘zlarining mehnatkashligi hamda to‘g‘riso‘zligi bilan obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lishgan.

Ammo, ular maqtovlardan havolanib ketishdimi yoki bankda ishlash jarayonida “bol tutgan barmog‘ini yalaydi” deb o‘ylashdimi bilmadik, ushbu ikki hamkasb bank tomonidan rasmiylashtirilgan fuqarolarning plastik kartochkalaridagi mablag‘lardan vaqti-vaqti bilan “ozgina” foydalanib turishni o‘zlariga odam qilib olishdi.

Mazkur bank filialida o‘tkazilgan nazorat tekshiruvi jarayonida “ustamon” hamkasblar 2016 yilning dekabr oyidan boshlab qariyb 10 oy davomida 45 nafar fuqaroga tegishli plastik kartochkalaridan 9,5 million so‘mga yaqin mablag‘ni yashirin ravishda talon-taroj qilib o‘g‘irlaganliklari ma’lum bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq bankining xodimlari mijozlarning pullarini o‘zlashtirib yubordi