
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid farmon imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida yozgan.
Farmonda Yangi yil bayrami arafasida 5 kun ketma-ket dam olish kuni belgilanishi mumkin.
Ya’ni, 2 yanvar kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi, 6 yanvardagi dam olish kuni esa 3 yanvarga ko‘chiriladi.
Shunda quyidagicha ketma-ket 5 dam olish kuni paydo bo‘ladi:
30-31 dekabr – shanba-yakshanba;
1 yanvar – Yangi yil bayrami;
2 yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni;
3 yanvar – shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
O‘z navbatida, 6 yanvar, shanba kuni ish kuni deb, e’lon qilinadi.
Bu Farmon haftasiga rasman 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli bo‘ladi. Shanba kuni rasman ishlaydigan xodimlar uchun esa 3 kun ketma-ket, ya’ni 31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari dam olish bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur farmon bilan qolgan bayramlar arafasida ham qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini ko‘chirish evaziga ana shunday ketma-ket dam olish kunlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Xususan:
8 mart arafasida 4 kun;
9 may arafasida 5 kun;
1 sentyabr arafasida 4 kun dam olish kuni bo‘lishi mumkin.
Qurbon va Ramazon Hayiti bayramlarining kuni belgilanishiga qarab xuddi shu kabi ketma-ket dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar