O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga 2018 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisida ma’ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Ushbu tartib tegishli litsenziya olgan, o‘rindiq joylari 4 yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Vazirning aytishicha, mazkur taklif prezidentning soliqlar yig‘ishni oshirish, daromadlarni qonuniylashtirish, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Shuningdek, tajriba tariqasida Toshkent shahrida chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun mehnatga haq to‘lash fondining o‘rnatilgan bazaviy miqdoridan oshgan summasiga 10 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovning pasaytirilgan stavkasini joriy etish taklif etilmoqda.
Bunda bazaviy ish haqi fondi sifatida o‘tgan yildagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi