Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari bozorlardagi mahsulotlar narxi o‘sishi holati ko‘p kuzatiladi. Bunday vaziyatda aholining cho‘ntagiga katta ziyon yetishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan arzonlashtirilgan maxsus savdo yarmarkalari ishga tushiriladi. Ulardan biri O‘zbek milliy akademik drama teatri hovlisida ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Ertaga, 22 dekabrdan boshlab, O‘zbek milliy akademik drama teatri hovlisida Madaniyat san’ati xodimlari uchun soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yangi yilga atalgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, yarmarka haqida ma’lumot berilar ekan, unda 50 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari imtiyozli, qulay va xamyonbop narxlarda sotilishi, mahsulot miqdori chegaralanmagani ta’kidlangan.
Ish bilan band bo‘lganlarning o‘rniga oila a’zolari kelib xaridlarni amalga oshirishi mumkinligini aytish ham yoddan chiqarilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi