O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Yangi yil bilan tabrikladi.
“Men ushbu yilni yuragimda muhabbat va barcha kunlar uchun shukronalik hissi ila yakunlayapman. Kirib kelayotgan 2018 yilda siz va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlaringizda ravnaqlar tilab qolaman.
Istardimki, har bir xonadonda qut-baraka va har bir inson qalbida tinchlik, xotirjamlik, hukm sursin. Odamlar hayotga tinch va ishonch nazari bilan qarasinlar. Uy, ishxona va ko‘chalarda bir-birimizga ko‘proq hayrixoh bo‘laylik.
Rivojlanish, ishlash, yaratish g‘oyalariga to‘la bo‘lgan insonlar, ushbu orzu va rejalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsinlar. Yer yuzidagi barcha bolajonlar to‘q, sog‘lom va baxtli bo‘lib yursinlar. Bugungi kunday quyoshli kunlar ko‘p bo‘laversin hamda barcha insonlar yaxshilik va ezgulikka ishonsinlar”, deb yozadi Lola Karimova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!