10 745
Qarshi aeroportida 18 yoshli qizning telefonida o‘zining behayo videolari borligi aniqlandi
“Moskva-Qarshi” yo‘nalishidagi 624-sonli aviareys bilan ushbu aeroportda parvozini yakunlagan Qarshi shahar 1-mittitumanda istiqomat qiluvchi 18 yoshli Olga Bogdasarova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning qo‘l telefoni xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 134 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.
Shuningdek, telefon xotirasidan Olga o‘zining behayo xatti-harakatlarini yillar davomida tasvirga olib saqlab kelayotgan bir nechta videolavha ham joy olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Yakunda tegishli sud idorasining qaroriga ko‘ra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan fuqaro Olga Bogdasarovaga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarlik ashyosi hisoblangan telefon apparati davlat egaligiga o‘tkazildi hamda uning xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, joriy yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 81 ta holatda 8 ming 701 dona pornografik mazmundagi videolavha, karta va suratlarning bojxona chegaralari orqali mamlakatimizga olib kirilishining oldi olindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi