
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik qilayotgan va bu borada muvaffaqiyatga erishgan boy o‘zbekistonliklarni vatanlariga qaytishga hamda ularni tekshirtirmaslikka va’da berdi. U Toshkent viloyati faollari bilan uchrashuvida qilgan ma’ruzasida shu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
“Toshkent viloyatining o‘zi 500 mln dollar meva-sabzavot eksport qila oladi. Mening bunga 100 foiz hisob-kitobim bor. Kelamiz shu kunlarga. Chidashimiz, ishlashimiz kerak. Meva-sabzavot eksportining hamma puli oldingidek Markaziy bankka kelmaydi. Qayerga keladi, tadbirkorning kissasiga keladi. Tadbirkor xalq-ku.
Hozir 1-2 tadbirkorning puli chet elda. Men nima uchun baralla aytayapman: hamma eshitsin! O‘zbekistonga pulini qo‘ygan birorta odamni tekshirtirmayman. Olib kelinglar pullaringni. Qo‘yinglar, korxona, zavod quringlar, klaster qilinglar. Necha million qilsanglar ham, bo‘ldi u davr tugadi, endi. Bo‘lgan ish bo‘lib bo‘ldi. Olib kelinglar pullaringni. Millatimizni ish bilan ta’minlaylik.
Hokimlar o‘zining ishi bilan, ma’naviyat, ma’rifat, tarbiya bilan shug‘ullanishi kerak. Xonasini qo‘riqlamasdan, Xitoyga, Indoneziyaga borishi kerak. Singapurga, Koreyaga borib, yangi g‘oya olib kelishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar