Telejurnalistlar Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqova muallifligidagi “Uchburchak” tok-shousining 2017 yil 23 dekabr kuni efirga uzatilgan sonida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi kelinchak Muxlisa Rahmatova ishtirok etib, o‘zini oqlab berishlarini so‘ragan edi.
Kelinchakka ko‘ra, ayni damda uning oilasiga darz ketgan bo‘lib, u bu holatni qaynotasining shilqimligi bilan bog‘lagan edi. Ko‘rsatuvda ishtirok etgan Rahmatova “Qaynotam menga shilqimlik qildi, sevaman dedi, qorong‘ida xonamning oynasi tagida meni kuzatib turardi, qachonlardir meni kiyimsiz holatda ko‘rgan ekan”, degan da’volarni o‘rtaga tashlagan edi.
Albatta, ko‘rsatuv ijodkorlari o‘sha zahotiyoq qaynota va Muxlisa Rahmatovaning turmush o‘rtog‘i bilan bog‘lanib, ular bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatni ham efirga olib chiqishgan edi.
Ushbu ko‘rsatuvga efirga uzatilgach, ijtimoiy tarmoqlarda munozaralar tinmadi. Bunday holatlarni televideniyega olib chiqqani uchun jurnalistlarni qoralaganlar ham bo‘ldi.
Ko‘rsatuvning kecha, 6 yanvar kuni efirga uzatilgan sonida ushbu mavzu davom ettirilib, ko‘rsatuvda Muxlisa Rahmatovaning qaynonasi va qaynotasi, ularning qo‘ni-qo‘shnilari ishtirok etdi.
Qaynota kameraga orqa qilib gapirar ekan, avvalo odamlarning vaqtini olayotgani uchun uzr so‘radi va bu sharmandali holatda yuzini butun respublikaga ko‘rsatish niyati yo‘qligini aytdi.
Qaynona esa kenja kelini Muxlisa ko‘nglidagidek chiqmaganini aytarkan, turmush o‘rtog‘i yoshlik davrida ham hech qachon oilasiga xiyonat qilmaganini gapiradi.
Mahalla vakillari esa bu oilaning namunali, jamiyatga foydasi tegadigan oila ekanini alohida e’tirof etib, kelin xasta qaynonasining xizmatini qilmaslik uchun bu gaplarni o‘zi o‘ylab topganini aytishadi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanidan bo‘lgan kelinchak Muxlisa Rahmatova “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Uchburchak” tok-shousida qaynotasi unga xushomad qilib, uning qo‘lidan o‘pmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi