Birinchi qism. «BUZUQXONA»
Denovda bir nechta “buzuqxonalar” bor. Ular doim bo‘lganligi bir masala, ammo, bu joylar mas’ul idoralarning naqd tumshug‘ining tagida faoliyat yuritgani – boshqa masala… Xullas, hamma biladi. Bu yerga hatto kollej o‘quvchilari ham borishini bilishadi…
Bir necha kun avval bu yerga bir nechta kollej o‘quvchilari, o‘z odatlariga muvofiq, kelishibdi. O‘zlari bilan bir maktab o‘quvchisini ham olib kelishibdi. Nima bo‘libdi-nima qo‘yibdi – buzuqhonaning “mudirasi” o‘sha maktab o‘quvchisini pichoq urib o‘ldiribdi…
Ikkinchi qism. BALOGARDON
Bunday buzuqxonalarning “faoliyati” haqida hamma biladi, ammo, biron korhol bo‘lib qolsa – hamma oppoq. Faqat bitta aybdor – maktab! Maktab direktori va o‘sha bola o‘qigan sinf rahbari ishdan ketadi, deyishayapti odamlar. Savol: nima uchun? Javob: boshqa kattakonlar, o‘sha – hammasini bilib turgan kattakonlar – aybdor bo‘lmasligi uchun… Chunki ular kattakonda. O‘qituvchi esa – mayda odam. Holbuki buzuqxonalarni yo‘qotish kuchiga o‘qituvchi ega emas, bu kuchga kattakonlar ega.
Uchinchi qism. MA’NAVIYaT
Ma’naviyat so‘zi ko‘p takrorlanayapti. Ayanchli tarafi shuki – bu so‘z shunchaki, so‘zning ma’nosiga yetmasdan, quruq so‘z sifatida aytilayapti. Ulkan ma’noli bir so‘z ma’nosiga yetmasdan takrorlanaversa, birozdan so‘ng me’daga uradi. Bizda ham shu – yaqin orada bu so‘zdan ko‘nglimiz ayniy boshlaydi. Nega? Chunki o‘sha, hozirda bu so‘zni ko‘p aytayotganlardan “ma’naviyat nima o‘zi?” – deb so‘rangchi…
Ma’naviyat xayoliy-falsafiy-noaniq tushuncha emas. Uning nimaligini buyuk ajdodlarimiz yaxshi bilishgan va buni bilganlari o‘laroq – shu ila dunyoga ustoz bo‘lishgan. Biz esa bilmay-tushunmay bu so‘zni takrorlashda davom etadigan bo‘lsak, bolalarimiz fohishaxonalarda ma’nan, gohida esa jisman, halok bo‘layotganini eshitib turaveramiz.
To‘rtinchi qism. MUROJAAT
Surxondaryo hokimiga: «Asl aybdorlarni javobgarlikka torting, o‘qituvchini emas!»
Muhammad Shakur
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi