Turarjoy va noturarjoy ob’ektlari qayta xatlanadi

Turarjoy va noturarjoy ob’ektlari qayta xatlanadi
Turarjoy va noturarjoy ob’ektlari qayta xatlanadi

Toshkentda turarjoy va noturarjoy ob’yektlarini keng miqyosli xatlash boshlandi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.

10 oktyabrdan Toshkentda hokimning farmoyishi bilan turarjoy va noturarjoy ob’yektlarini xatlash boshlandi. Buning uchun poytaxtning barcha 457 ta mahallasida tuman hokimligi, IIBB, er resurslari va davlat kadastri, turarjoy binolaridan foydalanish departamenti, «Mahalla» jamg‘armasi va shahar XUJMSh uyushmasi vakillaridan iborat ish guruhlari tashkil etildi.

Shahar hokimligida o‘tgan brifingda xabar qilinishicha, ish guruhlari vazifasiga boshqalari qatorida ijaraga berilgan va bo‘sh kvartiralarni, shuningdek, ijaraga berilgan kvartiralarda yashovchi kishilarning shaxsini aniqlash kiradi. Yangi va qurilayotgan ob’yektlar ham u yerlarda ishlayotgan kishilar sonini hisobga olish uchun tekshiriladi.

Tuman IIBda ob’yektlarni ijaraga beruvchi va ularni ijaraga oluvchi shaxslarning ma’lumotlar bazasini tuzishga kirishildi. Bu poytaxtda yashovchi kishilar sonini aniqlash va ijaraga beruvchilarning mas’uliyatini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidlandi brifingda.

Toshkentda 10 iyuldan 20 avgustgacha turarjoy va noturarjoy ob’ektlari monitoringi o‘tkazilgan va uning maqsadi ularda yashayotgan shaxslarni va kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni aniqlash bo‘lgan edi. Monitoring u yerda yashovchi shaxslar bilan kommunal to‘lovlarni to‘layotgan kishilar soni o‘rtasida jiddiy farq borligini ko‘rsatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar