Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bog‘cha tarbiyachisining bolaga bo‘lgan qo‘pol munosabati borasidagi videolavha tarqalgandi. Unda tarbiyachi bolalardan birini jahl bilan devorga itarib yuborgani va bola zarbdan yiqilganini ko‘rish mumkin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi va maktabgacha ta’lim muassasalari Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan bu holatga munosabat bildirildi. Vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilinishicha, mazkur holatga aniqlik kiritish va chora ko‘rishni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin shaxsan o‘z nazoratiga olgan.
Sodir bo‘lgan noxush voqeaning tafsilotlari quyidagicha: joriy yilning 8 yanvar kuni tarbiyachi S.Raxmatullayeva guruh tarbiyalanuvchisi M.A.ni (2011 yilda tug‘ilgan) jahl bilan devorga itarib yuborgan va bola zarbdan yiqilgan. “Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar”, qabilida ish tutgan Sadoqat Raxmatullayeva tarbiyachining ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, “Yugurib yurgan bolangiz o‘zidan-o‘zi muvozanatini yo‘qotib yiqildi” - deb bahona qilgan.
Ota-ona ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida 9 yanvar kuni bog‘cha mudirasiga shikoyat qilgan. Bog‘cha mudirasi Nilufar Isayeva masalaga aniqlik kiritish maqsadida video kuzatuvdagi tasvirlarni ularga ko‘rsatgan. G‘azab otiga mingan ota-ona ushbu holatni qo‘l telefonlariga yozib olishgan va mazkur tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgan.
11 yanvar kuni Maktabgacha ta’lim vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlikning Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi mutassadilari, Toshkent shahar bosh boshqarmasi rahbariyati, Uchtepa tuman maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi mutassadilari, Uchtepa tumanidagi 20-sonli bolalar bog‘chasi mudirasi va tarbiyachilari, shuningdek, tarbiyalanuvchi va uning ota-onasi ishtirokida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Aniqlanishicha, tarbiyachi Raxmatullayeva Sadoqat faoliyati davomida o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan (haqoratli so‘zlar bilan so‘kish, jismoniy kuch ishlatish, tahdid qilish, masxara qilish) va bu borada ota-onalar tomonidan bir necha bor shikoyatlar ham kelib tushgan.
Bog‘cha mudirasi bir necha bor ota-onalar va uchastka noziri ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, bayonnoma tuzgan bo‘lsada, aksariyat ota-onalar S.Raxmatullayevani o‘z ishida qoldirishni iltimos qilishgan. Shu bois, aniq dalil yo‘qligi tufayli bu holatlarga barham berish orqaga surilavergan. Ushbu gumonlar va gap so‘zlarga chek qo‘yish maqsadida, bog‘cha mudirasi N.Isayeva o‘z tashabbusi bilan guruhlarda videokuzatuv kamerasini o‘rnatgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tarbiyachi S.Rahmatullayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 10 yanvardan bekor qilgan. Mudiraga nisbatan esa jamoa o‘rtasida shunday holatni keltirib chiqargani “hayfsan” jazo chorasi qo‘llanilgan.
Tarbiyalanuvchi M.A.ning hozirda umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lishiga qaramay, Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kerakli muolajalarni bepul tashkil etib berish yuzasidan MTMning Toshkent shahar bosh boshqarmasiga ko‘rsatma berilgan.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi