O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi siyosatida birinchi navbatdagi vazifalar qatorida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni “qayta yuklash”ga e’tibor qaratdi.
Joriy haftada O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bilan birga ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, viza masalasida hamda Farhod GES masalasida kelishuvga erishildi.
Kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston yaqin kunlarda bir qator hujjatlar, jumladan “Fuqarolarning o‘zaro tashriflari to‘g‘risida»gi yangi hujjatni imzolaydi.
Quyida Tojikistondagi mediaguruhlardan biri poytaxt Dushanbe aholisiga “Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishidan birinchi navbatda qanday o‘zgarishlarni kutmoqdasiz?” degan savol bilan yuzlandi.
Ta’kidlash joizki, dushanbeliklarning aksariyati ikki davlat o‘rtasida vizalar bekor qilinishini kutib qolishlarini aytishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi