18:00 / 17.01.2018
8 829

Ofisda didli va yoqimli ko‘rinish uchun…

Ofisda didli va yoqimli ko‘rinish uchun…
Ofisda ishlash ko‘ringanidek va siz o‘ylaganingiz kabi oson emas. Zamonaviylik bilan jiddiy uslubni saqlab qolish hammaga ham xos emas. Ishda katta yoshlilar qatori bo‘lib qolmaslik yoxud o‘ta zamonaviy ko‘rinish bilan hamkasblaringizni hayratga solmaslik uchun bugungi tavsiyalarimizga bee’tibor bo‘lmang.

Shaklsiz kostyumlar — kerakmas!
Qopsimon, shakli noma’lum kostyumlar — jiddiy uslubning eng katta «dog‘»laridan biri deyish mumkin. Ko‘plab qiz-juvonlar odatiy kunlar uchun ko‘proq kiyim tanlab, ish uchun bir-ikki dona libos bilan kifoyalanishni ma’qul ko‘radi. Mana shu libos ham yuqorida ta’riflanganday bo‘ladi. Ammo bunday kostyumlarni har qanday qomat egasiga kiyishni tavsiya qilmagan bo‘lardik. Sababi, ular har bir chiroyli qomatni ham buzib ko‘rsatadi.

Bir xil tusdagi kostyumlardan ko‘ra, masalan, uzunlashtirilgan bleyzer, shim, kimano uslubidagi jaket va boshqalarga ham e’tibor qarating.

Poyabzal birinchi o‘rinda

Poyabzal obrazni to‘liq qila oladi. Agar u to‘g‘ri tanlangan va o‘zingizga mos bo‘lsa. Ishga faqatgina baland poshnada kelish shart emas. Klassik «qayiqcha», loferlar va boshqa erkaklar uslubidagi poyabzallar ham ofis uslubiga mos keladi.

Ko‘proq rang
Oq va qora rangdagi kiyim — bu maktab formasi. Ammo shundayin ranglar uyg‘unligi talab etilayotgan bo‘lsa (ba’zi ishxonalarda shunday talab qo‘yiladi), unga boshqacha ranglar bilan o‘zgacha ko‘rinish berish ham mumkin.

Biz sizga yorqin pushti bilan «quvnoq» kombinatsiya yaratib olishni tavsiya qilmayapmiz. Ammo ortiqcha yorqinliklardan xoli ranglar ajoyib tanlov va u garderobingizdan munosib o‘rin oladi. Ha, aytgancha, kulrangni ham unutmang. Bu rangning to‘g‘ri tanlangani doim ko‘rkam va bejirim ko‘rsatadi.

Shaklsiz trikotajlardan voz kechamiz!
Umuman olganda, ishga jiddiy uslubda kiyingan ma’qul. Shu bois ham shakli tushunarsiz, shu bilan bir qatorda osilib turadigan liboslar ofisga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, mazkur liboslar qomatingizni yaxshigina buzib ko‘rsatadi.

O‘zingizga qarashni unutmang!
Ofisda nafaqat o‘zingizni, balki liboslaringizga e’tibor berishingiz ham juda muhim. Vazifangiz qanchalik mas’uliyatli bo‘lmasin, rahbar ham xodimning ko‘rinishiga katta e’tibor qaratadi.

Neytral pardoz va turmak
Har kuni chaplanib bo‘yanib olish, lak bilan qotirib qo‘yilgan turmak ham yoshingizga yosh qo‘shishi shubhasiz.

Taqinchoqlarni to‘g‘ri tanlang
Ofis jiddiylikni talab etgani bois, haddan ko‘p taqinchoq taqish yaramaydi. Shu bilan bir qatorda ulardan butkul voz kechish ham to‘g‘ri emas. Yaxshisi, ozgina va sozgina, qoidasiga amal qilib, bezaklardan foydalaning.
XOLIDA tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ofisda didli va yoqimli ko‘rinish uchun…