Amerikalik olimlar tuzni doimiy ravishda me’yordan ortiq iste’mol qilish ichakning immun tizimida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini aniqlashdi, bu esa insonnning kognitiv funksiyalari degradatsiyasiga olib keladi. Nature Neuroscience'da shu haqidagi ma’lumot taqdim etildi.
Mutaxassislar uch hafta davomida xlorid natriyni me’yordan ortiq iste’mol qilish endotelial disfunksiya, miya qon oqimining kamayishi va kognitiv tizimdagi buzilishlarga olib kelishi, lekin arterial qon bosimini o‘zgartirmasligini qayd etishdi.
Tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhez ichakdagi T-xelperlar soni va ular tomonidan interleykin-17 molekulalarining ishlab chiqarilishini oshiradi. Mualliflar qon oqimidagi interleykin-17'ning o‘sishi mazkur parhezning miyadagi qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etishdi.
Olimlar sichqonlarni kuzatish davomida shunday xulosalarga kelishdi. Olingan natijalar, mualliflarning ta’kidlashicha, odamlarga ham muvofiq keladi. Mutaxassislar kemiruvchilar normal ovqatlanish rejimiga qaytgan taqdirda, tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhezning salbiy natijalari chekinganini ta’kidlashdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir kunda 5 grammdan ko‘p tuz iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu yiliga taxminan 2,5 million o‘lim holatlarining oldini olishi mumkin.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, sayyora aholisining yarmidan ko‘pi har kuni 80-140 foizga ko‘p xlorid natriy iste’mol qiladi. Ortiqcha tuz inson organizmiga asosan non, quruq nonushta va iste’molga tayyor taomlar bilan birga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar