
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati avtobusning yonib ketishining sababi haqidagi birinchi ma’lumotni berdi. Bu ma’lumotga ko‘ra, avtobus salonida benzinda ishlaydigan ochiq olov manbaining mavjud bo‘lgani yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bu ma’lumotni haydovchilar va guvohlar o‘z ko‘rsatmalarida tasdiqlashgan.
Bu dastlabki taxminlardan biri. Hozirgi vaqtda voqea joyida ishchi guruh ishlamoqda, yakuniy xulosa berilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar