20:19 / 20.01.2018
27 013

Aqto‘be fojiasi sabablari ma’lum bo‘ldi! Guvohlar tergovda barchasini ochiq aytdi

Aqto‘be fojiasi sabablari ma’lum bo‘ldi! Guvohlar tergovda barchasini ochiq aytdi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusda halok bo‘lganlarning to‘ldirilgan ro‘yxati haqida xabar bergan edik.

Ushbu avtobusdagi yong‘indan omon qolganlar kecha, 19 yanvardan boshlab tergov organlari tomonidan so‘roq qilinmoqda. Qozog‘iston IIV o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning ta’kidlashicha, yong‘in avtobus salonining benzinda ishlaydigan olovli lampada isitilgani tufayli kelib chiqqan. Bu haqda Qalampir nashri yozmoqda.

Avtobus yongan joydan benzinda ishlaydigan bu olovli lampa ham topilgan. Tergov jarayonida avtobus salonida yana 5 litrlik sig‘imga ega bo‘lgan plastmassa idishda benzin saqlangani ham aniqlangan. Tirik qolganlar buni tasdiqlashgan.

Yerlan Turgumbayevning ta’kidlashicha, avtobus o‘chib qolgan va salon sovib ketgan. Shunda benzinda ishlaydigan olovli lampadan salon ichini isitishda foydalanishgan. Bu lampadan deyarli ikki soat davomida uzluksiz foydalanishgan hamda buning oqibatida avtobusning ichi gaz bilan benzinning yonishidan hosil bo‘ladigan havo aralashmasiga to‘lib qolgan. Benzin turgan idishdagi yoqilg‘i bexosdan lampadan chiqayotgan olovga to‘kilib ketganidan keyin, alanga avj olib ketgan va 5 daqiqada avtobus yonib tugagan.

Shuning uchun bu yerda YTH ro‘y bergani yoki jinoiy alomatlar inkor qilinadi. Chunki, voqea joyida sovuq, o‘qotar qurollar yoki o‘q-dori vositalari aniqlanmagan. Lekin, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish alomatlari mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aqto‘be fojiasi sabablari ma’lum bo‘ldi! Guvohlar tergovda barchasini ochiq aytdi