23:22 / 20.01.2018
5 985

Eng katta boylik...

Eng katta boylik...
Mushtipar, yolg‘iz ona hayotidan nolimaydi. Faqirlikda yashashsa ham, sog‘-salomat yurgani uchun Yaratganga beadad shukr aytadi. Ko‘zining nuri, hayotining quvonchi, ishongan tog‘i – o‘g‘li omon bo‘lsa, bas.

Ona-bola ekvatorga yaqin o‘lkalarning birida yashashadi. Yil bo‘yi qurg‘oqchilik. Faqat yomg‘ir mavsumidagina suv serob bo‘ladi. Onaga marhum eridan birgina uy meros qolgan, xolos. Uning ham tomi yo‘q, o‘zi eski, ta’mirtalab.

Farzandi tug‘ilganidan buyon to‘rt yil qurg‘oqchilik bo‘lib nomigagina yomg‘ir yoqqan edi. Ertalabdan onaning ko‘ngli g‘ash, chehrasi ma’yus tortdi: osmonni bulut qoplagandi. Shamol to‘xtab, yomg‘ir sharros quydi. Momaqaldiroq ovozidan cho‘chib uyg‘ongan jajji bolakay onasining pinjiga kirib, mehr bilan mahkam quchoqladi.

Ona boshdan-oyoq ividi. U o‘zidan emas, ko‘proq bolasining shamollab qolishidan xavotirda edi. Muhtoj bo‘lishsa ham, ona o‘g‘liga go‘zal tarbiya bergan, boriga qanoat qilib hayot kechirishga o‘rgatgandi. Vaziyatdan chiqish uchun atrofiga sinchiklab qaradi. Yog‘och eshikni joyidan ko‘chirdi-da, devorga qiya qilib tiradi va o‘g‘li bilan eshik ostiga berkindi. Shunda bolakayning ko‘zlari porladi, go‘zal odobini namoyon qildi, samimiyat bilan: “Oyijon, yaxshiyam eshigimiz bor. Eshigi yo‘q odamlar yomg‘ir yoqqanda nima qilishar ekan-a?” dedi. Ona o‘g‘liga jilmayib qaradi: “Alloh mehribon, bolam”.

Ikkovlari yomg‘irga termulgancha Allohning marhamatidan quvonishdi.
Maqsudali Qosimov,
Xo‘jaobod tumani
“Yettichinor” jome masjidi imom-xatibi

Manba: irfon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng katta boylik...