Mamlakatimizda o‘tgan yilning 5 sentyabrdan buyon valyuta oldi-sotdisi erkinlashtirilgach, fuqarolarning aksariyati valyuta operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshirishga ko‘nikib ketishdi. Biroq, garchi qonunchilikda jazo belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, hali hanuz ko‘cha-ko‘yda noqonuniy valyuta oldi-sotdici bilan shug‘ullanayotgan kimsalar uchrab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi Samarqand shahar bo‘limiga hushyor fuqarolardan biridan ariza kelib tushdi. Fuqaro D.A. o‘z murojaatida Samarqand shahridagi «Marmar dehqon bozori» valyuta ayirboshlashga moslashtirilgan maxsus xonalarda F. va A. ismli shaxslar qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotgani va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan, deb xabar beradi KUN.UZ.
Mazkur ariza asosida Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomon tezkor tadbir o‘tkazilib, unda fuqarolar F.R. va A.K. bir guruh bo‘lishib, shahardagi «Marmar dehqon bozori» oldida joylashgan binodagi alohida xonada qonunga xilof ravishda xorijiy valyutalarni so‘mga ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelishayotgani aniqlangan. Jumladan, ular fuqaro D.A. dan 1 AQSh dollarini 8170 so‘mdan hisoblab, 2300 AQSh dollarini 18.791.000 so‘mga sotib olishayotganda, tezkor guruh xodimlari tomonidan ushlangan.
Tadbir davomida xona ko‘zdan kechirilganidan 240 AQSh dollari, 16,684 mln so‘m, pul sanash uskunasi va kalkulyator ashyoviy dalil sifatida olingan. Tadbir davom ettirilib, fuqaro F.R.ga tegishli, ko‘chada turgan «Kobalt» rusumli mashina ko‘zdan kechirilganida, mashina saloni va yukxonasida 346 AQSh dollari, 5050 Rossiya rubli va 195 million 490 ming 500 so‘m mavjudligi aniqlangan. Tezkor tadbir yakunida fuqarolar F.R. va A.K.dan qonunga xilof faoliyatda foydalanilgan 586 AQSh dollari, 5050 Rossiya rubli va 230 million 965 ming 500 so‘m, pul sanash uskunasi va kalkulyator ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Fuqarolar F.R. va A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda