5 478
Amakivachchalarning bobosi: "To‘ylarining kamchiliklarini to‘ldirar, degan maqsadda jo‘natgandik" (video)
18 yanvar kuni Qozog‘istonda avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik orasida yaqin qarindoshlar ham bo‘lgan edi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Shohidon qishlog‘idan bo‘lgan amakivachchalar 19 yoshli Muhammadamin Husniddinov va 20 yoshli Shohrux Zokirov ham hodisa oqibatida qurbon bo‘ldi.
«Ota, men ham ishlab kelsam. Do‘st-birodarlarim ham ishlab kelyapti. Men ham borsam», deb mendan so‘ragandi. «Xo‘p» dedim. O‘zining sog‘-salomat borib qaytib kelishini va o‘sha yerda do‘stlari qatori qo‘ldan kelgancha ishlashini, to‘ylarining kamchiliklarini to‘ldirar, degan maqsadda jo‘natgandik. Endi bunga sabr qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Qishlog‘imizdan to‘planib uch-to‘rt kishi ketgan bo‘lsa, to‘rtalasi ham o‘sha avtobusda bo‘lgan ekan.
Husniddin ota Isomiddinov, Muhammadamin Husniddinov va Shohrux Zokirovning bobosi
Husniddin otaning nevaralaridan tashqari yana ikki shohidonlik ham fojiali avtobusda bo‘lgan — Omonullo Rahmonov 20 yoshda bo‘lsa, Muhammadrizo Valiyev oktyabr oyida 21 ga to‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi