2017 yilning 24 avgustidan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov kecha, 22 yanvar kuni MAKdagi lavozimini yangi egasiga topshirgan. Bu haqdagi xabarlarni MAK rasmiylari tasdiqladi.
Ma’lum qilishlaricha, sobiq Bosh direktor Ro‘ziqulovning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Hakimov Ulug‘bek Ro‘ziqulovning o‘rnini egallagan.
Ulug‘bek Ro‘ziqulov 2017 yilning avgust oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-“O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan edi.
Ayni damda Ro‘ziqulovning qaysi tashkilotda ish boshlagani haqida xabarlar yo‘q.
Joriy yilning 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida sodir bo‘lgan fojiada odamlar qisman “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni ham aybdor qildi. MAK ayrim xalqaro qatnovlar, xususan Rossiyaga reyslar bo‘yicha monopoliyani o‘rnatmaganda, chiptalar narxi arzon bo‘lganda, odamlar emin-erkin samolyotda uchgan bo‘lardi, buzuq avtobuslarga kuni qolmasdi, qabilidagi tanqidlar tinmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi