
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning fevral oyidan boshlab bir qator xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlari uchun qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.
Hozirgi kunda Toshkent-Moskva, Toshkent-Ufa va Andijon-Moskva yo‘nalishlarida haftada bir marotaba harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari fevraldan haftada ikki marotaba harakatlana boshlaydi. Toshkent-Volgograd yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi esa haftada 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi.
Eslatib o‘tish kerak, yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar