12:22 / 24.01.2018
6 761

Orol dengizida omon qolgan yagona jonzotni bilasizmi? Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi davlatlar uni sotib olishmoqda

Orol dengizida omon qolgan yagona jonzotni bilasizmi? Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi davlatlar uni sotib olishmoqda
Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot yashab qoldi. U artemiyadir. Artemiya hamon mutatsiyaga uchramay, 100 million yillardan buyon o‘zgarishsiz kelayotgan oddiy organizmlardan biri. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Artemiyalar yer yuzida asosan xlorli, sulfatli, karbonatli, har litrida 300 grammgacha tuzi bor sho‘r suvda uchraydi. Ular suv o‘tlari, bakteriyalar bilan oziqlanadi. Orol dengizidagi artemiyalar asosan urg‘ochi, lekin ular o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega.

Mamlakatimizda Orol dengizidan artemiya sistalarini yig‘ib olib sotish bilan shug‘ullanadigan 10 dan ortiq firma va korxonalar mavjud. Ularni baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi qator davlatlar sotib olmoqda. O‘zimizdagi baliqchilik xo‘jaliklari ham albatta foydalanadi.

Artemiya sistalari asosan Xitoy, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Eron davlatlarining tuzli ko‘llarida yetishtiriladi. O‘zbekistonda esa faqat Orol dengizida uchraydi.

Artemiya sistalarini sof tarzda olib bo‘lmaydi. Dastlab dengizda qalqib turgan biomassa yig‘ib olinadi. U hali to‘liq ko‘payib ulgurmagani uchun faqat dengiz chetidan yig‘ib olinadi. Sistalarning o‘rtacha diametri 235,5 mikromillimetr. Uni faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Artemiya sistalari yig‘ib olingandan keyin maxsus tayyorlangan hovuzga suv quyilib, belgilangan haroratda lichinkalar paydo qilinadi. Bu baliq lichinkalari uchun juda zarur ozuqadir.

Oddiy omuxtalar bilan boqilgan baliq lichinkalarining 50 foizi tirik qolib o‘sadigan bo‘lsa, artemiya lichinkalari bilan oziqlangan baliq lichinkalarining 90 foizdan ko‘prog‘i hech qanday kasalliksiz rivojlanadi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan artemiyalarning yashash sharoiti va yetishtirish darajasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orol dengizida omon qolgan yagona jonzotni bilasizmi? Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi davlatlar uni sotib olishmoqda