Kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
KUN.UZ muxbirining 25 yanvar kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan tashkil qilingan brifingda taqdim etilgan ma’lumotga asoslanib xabar berishicha, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida qator ishlarning amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Jumladan, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflar bitiruvchilari hisobidan ixtiyoriylik asosida tegishli mutaxassislikka, kasbga ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlariga 2017-2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi