23:27 / 26.01.2018
6 019

O‘zbekiston fuqarolarining "Haj"ga yuborilish tartibi

Ўзбекистон фуқароларининг "Ҳаж"га юборилиш тартиби
Hajga yuborilish tartibi qanday? U qaysi huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi? Bu masalaga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish Hukumatning 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom bilan tartibga solinadi.

«Haj» tadbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uchun ajratilgan o‘rinlar, to‘lovlarning miqdori va boshqalar) muntazam ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida (muslim.uz) e’lon qilib boriladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlariga borish uchun talabgor doimiy yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etishi lozim.

Ariza ularning doimiy yashash joylaridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qo‘yib boriladi.

«Haj» tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- nomzod moddiy va jismoniy jihatdan «Haj» tadbiriga qodir bo‘lishi;
- «Haj» amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etishi uchun yetarli diniy bilimga ega bo‘lishi;
- nomzod ma’naviyati, ma’rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi;
- oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda ibrat bo‘la olishi;
- yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi, mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi.

Bundan tashqari «Haj» tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro:
- «Haj» tadbiriga ilgari bormagan bo‘lishi;
- voyaga yetgan bo‘lishi;
- 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mahramlari (eri, otasi, o‘g‘li, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borishi hamda mahram ekanligini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etishi lozim.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqarolarining "Haj"ga yuborilish tartibi