10:20 / 27.01.2018
8 269

Yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlari videokameralar bilan ta’minlanadi

Yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlari videokameralar bilan ta’minlanadi
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik va boshqa suiiste’molliklarni oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar 2018-yil uchun davlat dasturidan o‘rin olgan, deb xabar berdi «Xabar.uz».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan imzolangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili» davlat dasturida Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilning 20 sentyabriga qadar jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlari faoliyatiga ochiqlik va shaffoflik mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish topshirilgan.

Xususan, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatining barcha xodimlari ular tomonidan o‘z xizmat vazifalari bajarilishining borishi, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta’minlanishi kerak. Bu poraxo‘rlik va boshqa suiiste’molliklarni oldini olishga xizmat qiladi.

Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 2018 yil 23 yanvarda kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlari videokameralar bilan ta’minlanadi