Yunusobodda chiqqan yong‘inda uchta uy zarar ko‘rdi, «Cobalt» mashinasi butkul yonib ketdi

Bugun, 27 yanvar kuni tong soat sakkizlarlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in qo‘shni xonadonlarga ham tarqalgan. Yong‘in oqibatida 68 yoshli fuqaro jabrlandi, «Cobalt» rusumli avtomobil yonib ketdi, deb xabar bermoqda «Sputnik» nashri.
Xabarda qayd etilishicha, yong‘in «Anorzor» mahallasidagi 36 xonadondan chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 8:11 da yetib kelishgan. Soat 08:35 da yong‘in tarqalishi cheklangan va soat 09:18 da butunlay o‘chirilgan.
Umumiy hisobda 250 kv.metr maydon yonib ketgan. Yong‘in chiqqan uydan tashqari qo‘shni 34 va 38 uylarning tomining zarar ko‘rgan.
Ayni damda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xabarda qayd etilishicha, yong‘in «Anorzor» mahallasidagi 36 xonadondan chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 8:11 da yetib kelishgan. Soat 08:35 da yong‘in tarqalishi cheklangan va soat 09:18 da butunlay o‘chirilgan.
Umumiy hisobda 250 kv.metr maydon yonib ketgan. Yong‘in chiqqan uydan tashqari qo‘shni 34 va 38 uylarning tomining zarar ko‘rgan.
Ayni damda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…