Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shahrisabz shahriga ham bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shahrisabz shahriga tashrifi doirasida davlat rahbari Oqsaroy maydonidagi «Koba» madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishgan. «Loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bo‘lib, barchasi aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan», — deyiladi O‘zA xabarida.
O‘zbekiston rahbariga dastlab Qashqadaryo viloyatida 2018—2019-yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasi taqdim qilindi. Rejaga ko‘ra, 167 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘llib, zamonaviy mehmonxonalar tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash shular jumlasidandir. «O‘zbekturizm» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantirish, Amir Temur tug‘ilgan maskanni turizm maskaniga aylantirishga qaratilgan.
Davlatimiz rahbari bugun dunyoda ko‘plab davlatlar bu sohani o‘zlashtirib, katta daromad olayotganini ta’kidlar ekan, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezidentga taqdim etilgan loyihalardan yana biri Toshg‘uzor-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirishni nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, Shahrisabz shahrigacha tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. O‘zAning xabarida loyihaning qiymati, ijrochilari va amalga oshirish muddati haqida ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi