O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davom etadi. Bugun, 29 yanvar kuni Prezident Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk alloma asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekani, ularni nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur ziyoratgohda Qur’oni karimning asl qo‘lyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan. Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar xalqimizning bebaho merosi ekani, ularni asrab-avaylash kerakligini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, XI asrda yashagan Abu Muin Nasafiy aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)