13:42 / 31.01.2018
4 491

Haydovchi bong uradi: Olmazor «GAI»sining bir kuni

Ҳайдовчи бонг уради: Олмазор «ГАИ»сининг бир куни
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Husan Mamasaidov o‘z sahifasida Olmazor tuman IIB YHX bo‘limidagi xizmat ko‘rsatish tizimining talabga javob bermaydigan ahvolidan yozg‘iradi va fotosuratlar ilova qiladi.

«Davlat xizmatlari va monopoliyaning ahvolidan yana bir yaqqol misol», deb boshlaydi u o‘z postini.

«Biz notarial idorada otamning nomidagi avtomashinaga yangi ishonchnoma qilishimiz zarur bo‘lib qoldi. Propiska manzili o‘zgarganligi sababli, YHXBdan yangi texpasport olish kerakligini aytishdi.

Birgina texpasportni almashtirish uchun butun ish kuni va bir vagon asablar sarflanar ekan!

Olmazor tuman YHXBda davlat xizmatlari uchun mamlakat g‘aznasiga yaxshiga to‘lov qilayotgan fuqarolar/haydovchilar uchun hech qanday sharoitlar yo‘q.

Tor koridor, navbatlardagi tartibsizlik, haydovchilarga nisbatan qo‘pol muomala. Shuncha odamga bor-yo‘g‘i 2 tagina darcha xizmat ko‘rsatmoqda.

Bu masalalar uchun mas’ul kim o‘zi? Nahotki mutasaddilar va YHXB rahbariyati bu masalalar va insonlarga nisbatan bunday munosabatga befarq bo‘lsa?!

Bunday masalalarni OAVda ko‘tarib, bu haqda fikr yuritish uchun allaqachon fursat yetgan», deb tugatadi Husan Mamasaidov o‘z postini.

Uning xitobida ommaviy axborot vositalari tomon ham xitob bo‘lgani bois, biz ushbu murojaatni mutasaddilar o‘qisin, degan maqsadda yoritishga qaror qildik. Endigi qadam mutasaddilardan...


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi bong uradi: Olmazor «GAI»sining bir kuni