Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent metropoliteni” UK rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, poytaxtimizda uzunligi 51,1 kilometr bo‘lgan yer usti metro halqa yo‘li qurilishi davom etmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlarning o‘rtacha harakat tezligi 60 kilometrga yetadi, xalqa bo‘ylab yo‘lni bosib o‘tish vaqti 1 soatu 10 daqiqa etib belgilangan.
Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Do‘stlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etadi. Mazkur metro yo‘li Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.
Ayni paytda bu yerda 47,5 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. 175 ta estakada tayanch ustunlarining loyiha-smeta hujjatlari olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi