10:25 / 02.02.2018
7 233

«Yoshlar» uylariga navbatda turganlar uchun zo‘r yangilik...

«Yoshlar» uylariga navbatda turganlar uchun zo‘r yangilik...
«Yoshlar» uylarini taqsimlashning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan «Yoshlar» uylarini sotib olishning elektron navbat tizimi test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashidagi manbasi xabar berdi.

Ochiq elektron navbat tizimi O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida ishlab chiqildi.

«Yoshlar» uylarini sotib olishning elektron navbat tizimi
Foto: yoshlaruyi.uz veb-saytidan skrinshot

Bundan buyon Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi huzuridagi Respublika komissiyasi tomonidan «Yoshlar» uylarini sotib olish uchun hisobga qo‘yilgan nomzodlar elektron navbatda qayd etiladi hamda xududlardagi uylarning topshirilish jarayoniga qarab nomzodning navbat raqami tizimli ravishda o‘zgarib boradi. Ushbu tizim yosh oila vakillariga uyidan chiqmagan holda o‘z navbatini unga berilgan maxsus ID kod asosida muntazam ravishda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Elektron navbat bilan yoshlaruyi.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, nomzodlar o‘zlariga berilgan maxsus ID-KOD raqamini Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari orqali bilib olishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yoshlar» uylariga navbatda turganlar uchun zo‘r yangilik...