14:02 / 04.02.2018
6 096

Kasb-hunar kollejlarida kimlar bepul asosda o‘qishi mumkin?

Kasb-hunar kollejlarida kimlar bepul asosda o‘qishi mumkin?
Prezidentning 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi faoliyati takomillashtirildi.

Hujjatda kasb-hunar kollejlarining moliyalashtirish manbalaridan biri sifatida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushadigan mablag‘lar ham ko‘rsatilgan.

To‘lov-kontrakt qiymati Moliya vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.

Shu bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar kasb-hunar kollejlarida bepul asosda o‘qishi belgilab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kasb-hunar kollejlarida kimlar bepul asosda o‘qishi mumkin?