Urganch qurilish kasb-hunar kollejining birinchi bosqich o‘quvchisi O.A. 2018 yilning 31 yanvar kuni onasi G.T. bilan janjallashib, g‘isht bo‘lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazadi va ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri yozmoqda.
Mash’um voqea sodir bo‘lgan paytda O.ning shu uyda yashovchi o‘gay ukasi A.M. onasiga tegmaslikni so‘rab yalinib-yolvoradi. Ammo ko‘zlari qonga to‘lgan qotil o‘zi bilan bir qorindan talashib tushgan ukasini ham ayamaydi. Besh yashar A.ni ham ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, jinoyat izini yashirish maqsadida jasadni jomadonga joylab tunda uy yerto‘lasiga tushirib qo‘yadi. Qo‘shnilarning hushyorligi va ogohligi natijasida ushbu jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, jinoyatga aloqador tomonlarning shaxsiga oid ma’lumotlar aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, G.T. ikki marta nikohsiz turmush qurib, har turmushidan bir nafardan farzandli bo‘lgan. Ilgari sudlangan. Tayinli bir ish bilan shug‘ullanmay, yengil-yelpi hayot kechirishga odatlangan. Nosog‘lom muhit shakllangan oilada tarbiyalangan O. ham 2017 yilning mart oyida o‘g‘irlik jinoyati sodir etib sudlangan. Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar