6 295
Mirziyoyevning qadami: O‘zbekistonda minglab odamlar maxsus xizmatlarning «qora ro‘yxati»dan o‘chirildi
Ispaniyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri — Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) 2017 yilda xalqaro vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan mashhur insonlar hamda voqealarning 40 banddan iborat ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu safar ham ushbu reytingdan joy oldi. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi.
Ro‘yxat to‘plovchilar taqdim etgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi mamlakat Prezidenti etib saylanganidan so‘ng «sifat jihatdan yangi muhit va nekbinlik boshlangani hamda buni ko‘pchilik kutmagani» munosabati bilan e’tibor qozongan. Reyting ma’lumotlarida, jumladan, quyidagi fikrlar ham qayd etilgan:
«Bugun O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida «alohida bahor»ni kechirmoqda. U o‘z faoliyatining birinchi kuni davomidayoq barcha prognoz va qoliplarni sindirgani holda mamlakatni ochiqlik sari yetaklash jarayonining tashabbuskori bo‘ldi. Bu jarayonni o‘zbek xalqi allaqachon jiddiy his etmoqda. O‘nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi, qariyb uch ming kishi avf etildi, minglab odamlar maxsus xizmatlarning «qora ro‘yxati»dan o‘chirildi, matbuot ilgari taqiqlangan mavzularni ko‘tarib chiqa boshladi. Bunday chora-tadbirlar qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha diplomatik tashabbuslar bilan birgalikda mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida ham ko‘pchilik kutmagan nekbinlikni uyg‘otgani holda O‘zbekistonda yangi muhitni yaratdi».
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil yakunlari bo‘yicha ham Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) ro‘yxatidan joy olgan edi. O‘shandayoq Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi tamoyillarni kutish mumkinligi qayd etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar