00:06 / 07.02.2018
5 666

Bir guruh ayollar tomonidan talonchilik sodir etildi

Bir guruh ayollar tomonidan talonchilik sodir etildi
Shayxontohur tumanida joriy yilning 1 fevral kuni soat 16:00 da yakka tadbirkor ayol Z.D.U jinoiy sheriklari bilan birgalikda jinoiy til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilgan.

Tahririyatimizga xabar berishlaricha, jinoiy guruhdagilar tumandagi bir uyga eshik ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirishgan. Ushbu uyning yotoqxonasida bo‘lgan yakka tadbirkor S.L.P.ga tegishli 2 500 000 so‘mlik «DELL» rusumli noutbukini, 500 000 so‘mlik ko‘rpa, shuningdek, fuqaro S.X.X.ga tegishli 70 000 so‘mlik ayollar sumkasi, ichidagi O‘zbekiston Milliy banki va Kapitalbank nomiga rasmiylashtirilgan 2 dona plastik kartochka, 625 000 sum naqd pullar, 400 000 so‘mlik ayollar atiri, 70 000 so‘mlik ayollar qo‘lqopi va umumiy narxi 200 000 so‘mlik turli bo‘yanish narsalarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan va jabrlanuvchilarga jami 4 365 000 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir guruh ayollar tomonidan talonchilik sodir etildi