6 608
8-sinf o‘quvchisi g‘azalxonlik tanlovida g‘olib bo‘ldi va Spark avtomashinasini yutib oldi
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforov “Navoiylik yosh g‘azalxonlar” tanlovida ishtirok etib, viloyat hokimligi tomonidan Spark avtomobilini yutib oldi.
Bugun, 6 fevral kuni Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi II an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjuman doirasida g‘azalxonlik tanlovi tashkil etilgan. Unda 100 dan ortiq viloyat yoshlari qatnashgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Sardorlar Kengashi sardori Ibrohim G‘afforov 1-o‘rinni ko‘lga kiritib Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov tomonidan Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Avg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘iliston davlatlarining olimlari hamda o‘zbek Akademiklari Baxtiyor Nazarov, To‘ra Mirzayev, Naim Karimov hamda bir guruh adabiyotshunos olimlar qatnashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi