O‘zbekistonda xorijlik sayyohlarga tilla buyumlarni sotish va ularni mamlakatdan tashqariga olib chiqish ishlarini yengillashtirishga izn beruvchi yangi loyiha tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini olib chiqish jarayonlari ham soddalashtirilmoqda. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Xalqaro Press-klub tomonidan tashkil qilingan ochiq muloqotda bergan ma’lumotiga asoslanib, shu haqida ma’lum qildi.
Raisning ta’kidlashicha, yaqin orada O‘zbekistonda 10 grammdan 100-200 grammgacha bo‘lgan oltin sotuvlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa davlatga sezilarli daromad olib keladi. Shu bilan birga, bugungi kunda u qadar havas qilarli darajada bo‘lmagan zargarlik sohasi rivojlanib boradi.
Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunning eng asosiy trendlaridan biri - shopping-turizm bo‘lib, Xitoy yoki hindistonlik sayyohlar oltin xarid qilish imkoni bo‘lgan mamlakatlarga borishga qiziqishadi. Ushbu mamlakatlar vakillarida o‘z sayohatlari davomida tilla buyum sotib oladigan odati bor.
O‘zbekiston 2020 yilga borib zargarlik buyumlarining yillik ishlab chiqarish hajmini 40 million dollardan oshirmoqchi. Uch yil ichida oltin buyumlar ishlab chiqarishni 2,4 karra, kumush buyumlarni ishlab chiqarishni esa 6,2 karra oshirmoqchi. 2020 yilga borib deyarli 14 million dollarlik zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»