4 721
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-02/1518089292_vtzjltmiyei2qn5bh51g4plz9xveiqkd.jpg[/img] Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi. Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda.
Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi.
Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda. Shaharning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab tashkil qilingan ekskursiya 2,5 soat davom etadi. Avtobuslar har ikki soatda O‘zbekiston mehmonxonasi yaqinidagi bekatdan boshlanadi.
"Avtobuslar sakkiz tilda gapiradigan audiogid bilan jihozlanadi. Ekskursiya davomida audiogid sayyohlarga Samarqandning asosiy yodgorliklari va afsonalarini hikoya qilib beradi. Undan tashqari ekskursiyadan milliy taomlar haqidagi hikoyalar va milliy musiqa o‘rin olgan. Ana shunday ikki qavatli avtobuslarda shahar bo‘ylab ekskursiyalar kelajakda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham tashkil qilinadi", — dedi Davlat turizm qo‘mitasi vakili.
O‘zbekistonda ekskursiyalar uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan Higer avtobuslaridan foydalaniladi. Bugungi kunda ushbu kompaniya dunyoda, tomosha avtobuslari ishlab chiqaruvchi, yetakchi kompaniyalardan biridir. Undan tashqari Higer o‘z avtobuslarini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirishni o‘z zimmasiga olgan.
Xususan Yevropa shaharlari uchun ishlab chiqarilgan avtobuslar balandligi 4,3-4,4 metr bo‘lsa O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra avtobus balandligi 4 metr bilan cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda tomosha sayllari uchun foydalanilayotgan avtobuslar barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. Har bir o‘rindiq xavfsizlik kamari bilan jihozlangan. Avtobusla imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»