Mana, qariyb bir yarim yildan beri yurtimizda biz uchun ko‘p jihatdan kutilmagan, lekin ich-ichimizda orzu qilib yurgan o‘zgarishlarning guvohi bo‘layapmiz. Televideniye va matbuotga oid o‘zgarishlar, iqtisodiyotdagi tub burilishlar, qurolli kuchlarga oid keskin islohotlar va yana ko‘pdan-ko‘p sohalardagi yangiliklar odamlarimizda kelajakka ishonchni orttirayapti. Lekin shu umidbaxsh islohotlarga soya solayotganlar haqida to‘xtalmasak bo‘lmaydi.
Bu odamlar Prezident siyosatini yo to‘la tushunib yetmadi, yoki ataylab sabotaj qilmoqda. Balki oddiygina omadlari kelmayotgandir. Mashhur «Brilliant qo‘l» filmida yangragan «Omadsizlik oroli» qo‘shig‘ida kuylanganidek, balki ularni onalari dushanbada tuqqandir?
Ayniqsa, ta’lim sohasidagi amaldorlar (direktordan tortib to ...gacha) islohotlarning asl mazmuniga yetib borishmayapti nazarimda. 11 yillik tizimga o‘tamiz deyildimi, haybarakallachilik bilan bajarishga tushishdi. Hukumat so‘ragan statistik ma’lumotlar tepaga yoqadigan qilib topshirildi. Real muddat so‘rash o‘rniga pala-partishlik bilan bo‘lsa ham tezda topshiriqni bajarishga va kerakli odamlar oldida ochko olishga o‘tib ketildi.
Natijada, mana, 10-sinflar uchun darslik yetishmasligi muammosi, ularga dars o‘tadigan o‘qituvchilarning malakasidagi muammolar va yana bir qancha boshqa masalalar yuzaga chiqdi. Tizimda qog‘ozbozlikni kamaytirish haqida gapirilgani bilan amalda eski holat davom etmoqda.
Kadrlar yetishmovchiligining oldini olish maqsadida maxsus sirtqi o‘qish tiklab berilganida (yuqoridan, albatta), qabul mexanizmini mahorat bilan yana korrupsion o‘ramga o‘rab olishdi. Oqibatda oddiy xalqda yana eski hammom, eski tos ekan-da degan yomon taassurot qolayapti.
O‘rta maxsus ta’lim borasida yangicha yondashuv taklif qilinayapti, lekin uni amalga oshirish yana «dushanbada tug‘ilganlar»ga qolsa, ijobiy natijadan umid qilmasa ham bo‘ladi.
Oliy ta’limda ham bundaylar sanoqsiz. Ta’lim sifati u yoqda qolib, hali ham dress-kod, davomat atalmish «muhim» masalalar bilan bandmiz. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim tizimini o‘zgartirish haqida o‘ylayapmizmi? Bu yo‘nalishda jiddiy bir ishchi guruhlar tuzilayaptimi yoki haliyam jamoatchilik asosida ish yuritmoqchimizmi?
Yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlarimizni qachon o‘zgartiramiz, ularga mos darsliklar yozish haqida qachon o‘ylaymiz? Qabul kvotalari haqida-ku eng yuqori darajada qarorlar qabul qilinmoqda. Xudo ko‘rsatmasin, bu mas’uliyat «dushanbada tug‘ilganlar»ga berib qo‘yilganda bormi, ana unda ko‘rardingiz korrupsiyaning zo‘rini.
Xullas, yana o‘sha gapni qaytaraman. O‘z sohamizdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaylik, fikrimizni bildiraylik. Qo‘limizdan kelguncha islohotlarni o‘tkazishda yordamchi bo‘laylik. «Dushanbada tug‘ilganlar» boshqa, yurtga zarari tegmaydigan ishlar bilan shug‘ullansin.
Erkinjon Karimov
Manba: xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»