19:00 / 09.02.2018
5 815

Toshkentda bir fuqaro tanishini otib qo‘ydi

Toshkentda bir fuqaro tanishini otib qo‘ydi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 8 fevral kuni soat 21.00 larda fuqaro S.G‘. (1997 yilda tug‘ilgan) uyi oldida «LION brend» rusumli pnevmatik miltig‘ining ichida o‘qi yo‘q deb o‘ylab tepkisini bosgan vaqtida o‘q otilib ketgan va tanishi K.T.ning yuziga tekkan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir fuqaro tanishini otib qo‘ydi