21:05 / 09.02.2018
5 878

MXX ning tezkor tadbiri: O‘zbekistonlik IShID tarafdori ushlanib qonuniy jazoga tortildi (video)

MXX ning tezkor tadbiri: O‘zbekistonlik IShID tarafdori ushlanib qonuniy jazoga tortildi (video)
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdagi terrostik guruhlarda tayyorgarlik o‘tagan, O‘zbekiston hududiga qalbaki pasport bilan kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar berdi “Darakchi” nashri.

MXX xodimlari o‘z imkoniyatlari orqali IShID terrostik guruh jangarilari tarafdori va ularning vayronakor g‘oyalari bilan obdon zaxarlangan kimsaning Turkiyadan O‘zbekistonga noqonuniy kelayotgani haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra ular “mehmon”ni kutib olish tezkor rejasini tuzib chiqdi va uni qo‘lga oldi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston fuqarosi 2011 yilda Turkiya davlatiga ishlash maqsadida chiqib ketgan Ahror Qosimov ekan. Qosimov Turkiyada talonchilik jinoyatini sodir etgani uchun 2013 yilda Istanbul shahri sudi tomonidan 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va qamoqda Dagushayev Xasan, Alekey Gabarayev va Amirxon ismli Ishid terroristik guruh tarafdorlari bilan tanishib, ularning ta’siriga tushib qoladi.

2015 yilda esa ularning yordamida qamoqdan qochib, Istanbul shahrining Kayashaxir mavzesidagi Suriyaga o‘tkaziladigan shaxslarni vaqtinchalik yashash manziliga joylashadi.

Ahror Qosimov turk tilini yaxshi bilgani uchun rahnamolari ko‘rsatmasiga binoan yangi yollangan IShID tarafdorlarini Turkiya aeroportidan kutib olish, tegishli manzilgan joylashtirish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u O‘zbekistonga kelishi uchun tayyorgarlik ko‘rib yurgan.

Shu vaqtlarda IShID terrostik guruhi tomonidan yollangan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Gajimurod Gaydarov ismli shaxs ham Suriyaga chikib ketish uchun keladi. E’tiborli tomoni, u juda Ahror Qosimovga o‘xshaydi. Bu vaziyatdan foydalanishga uringanlar Ahror Qosimovni Gaydarovni pasporti bilan O‘zbekistonga yuborishmoqchi bo‘ladi.

O‘zganing pasporti bilan o‘z yurtiga egri maqsadda kirmoqchi bo‘lgan shaxs niyatini oxirigacha yetkaza olmaydi. MXX xodimlarining tezkor harakatlari bilan u qo‘lga olinadi. Qosimovning barcha qilmishlari fosh etiladi.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX ning tezkor tadbiri: O‘zbekistonlik IShID tarafdori ushlanib qonuniy jazoga tortildi (video)